“Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKning barcha temir yo‘l uchastkalarida tunu kun nazorat ishlari olib borilmoqda
Ayni kunda mamlakatimizda qishning sovuq kunlari hukmronlik qilmoqda. Bunday ob-havo sharoitida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlab, yuk va yo‘lovchilarni o‘z manziliga yetkazib qo‘yish maqsadida temir yo‘lchilar tomonidan tunu-kun ishlar olib borilmoqda.
Uzel rahbariyati hamda bo‘limlar, stansiyalar va korxonalar boshliqlari, yo‘l, aloqa, energiya ta’minot xo‘jaliklari rahbar va xodimlari, shuningdek, Texnik va texnologik nazorat boshqarmasining Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli bo‘yicha katta noziri hamda barcha nozirlari “Harkat xavfsizligi kunida” temir yo‘l uchastkalarida nazorat ishlarini olib bordilar.
Temir yo‘l kesishmalarining tozaligi, svetaforlar, shlagbaumlar, o‘tkazgichli strelkalarning holati, aloqa, elektr tarmoqlarining sozligi birma bir ko‘zdan kechirildi.
Joylarda harakat xavfsizligiga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar aniqlanib, ularni zudlik bilan joyida bartaraf qilish choralari ko‘rildi.