Новый вид сайта работает в испытательном режиме

История РЖУ

Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzelining tarixi

news photot

Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzelining tarixi

Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2002 yil 5 noyabrdagi 378-sonli buyrug'iga asosan tashkil etilgan.

"O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining 2002 yil 7

noyabrdagi 270-N-sonli boshqaruv kengashi raisi buyrug'i bilan ushbu qaror

hududiy temir yo'l tarmog'ining tashkiliy tuzilmasini va hududiy temir yo'l

uchastkasining odatiy boshqaruv tuzilmasini tasdiqladi.

Toshkent uzelidagi asosiy faoliyati - aholi va sanoat korxonalarining transport

va xizmat ko'rsatish ehtiyojlarini o'z vaqtida va sifatli ta'minlashdir. Toshkent

uzelidagi xizmat ko'rsatadigan temir yo'l liniyalarining umumiy uzunligi 728 km

bo'lib, Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini qamrab oladi.

Shu bilan birga, o'rnatilgan uzunlik 1015,5 km, kirish yo'llarining uzunligi 98,8 km,

stantsiya yo'llari 602,3 km, strelka o'tkazgichlari 1690 dona bo'lib, jami 64 ta

muhofazalangan-nazorat o'tish joylari mavjud bo'lib, shunda asosiy yo'nalishlarda -

32 ta, kirish yo'llarida -36 ta.

Toshkent mintaqaviy temir yo'l uchastkasi jamoasi Afrosiyob poezdini davom

ettirish uchun Toshkent-Samarqand tezyurar uchastkasini ishga tushirish borasida

ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli 50 ta stantsiya, 4 ta razyezd (3,6,9,205),

Dalaguzar dezinfektsiyalash-yuvish stantsiyasi, Saryagach, Bekobod va Sirdaryo

davlatlararo chegara punktlaridan iborat.

Uzel hududiy va tarkibiy korhonalarni o'z ichiga oladi.

Hududiy bo'linmalardan Toshkent-Yuk vagon deposi (VChD-1), yo'l

masofa distantsiyalari (PCh-1, PCh-2, PCh-4, PCh-5), elektr ta'minoti distantsiyalari

(ECh-1, ECh-2), signalizatsiya va aloqa distantsiyalari (ShCh1, ShCh3), Toshkent

suv va ta'minoti va binolarni saqlash distantsiyasi (VODCh), Hovos moddiy-texnik

ta'minot otdeli ( NODX), tiklovchi poedlar ( VP Tashkent, VP Hovos), Toshkent

ta'mirlash-qurilish uchastkasi ( RSU), "Gulobod-meva" sabzavot, polizchilik va

chorvachilik xo'jaligi.

Tarkibiy bo'linmalar: "Qibray" va "Yangi avlod" bolalar dam olish

maskanlari, "Lokomotiv" stadioni, "Lokomotiv" mehmonxonasi.

Uzelning asosiy vazifalari va funktsiyalari.

1.Uzelning asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat:

- axoli va xujalik sub'ektlarini temir yul tashishlarga bulgan extiyojini

tula va uz vaktida qondirish;

- tashuvlar mintaqaviy bozori kon'yunkturasini urgangan xolda ularning

infratuzilmasini shakillantirish, jaxon andozalari darajasida xizmatlar kursatishni

ta'minlash, shuningdek temir yul transporti tarmoqlarini rivojlantirish choratadbirlarini amalga oshirish;

- temir yul transporti xizmat ko'rsatiladigan mijozlar yukini o'z vaqtida yuklar

butligini ta'minlangan xolda manziliga yetkazish;

- temir yul transportining xizmat kursatiladigan xudud doirasida barqaror va xavfsiz

ishlashni ta'minlash, foydalanuvchilarga keng ko'lamda temir yul xizmatlarini

kursatish;

- yuklar, yulovchilar, pochta va bagajlar tashish soxasida ushbu xizmatlardan

foydalanuvchi mijozlarga kulayliklar yaratgan xolda sifatli va xavfsiz xizmatlarni

tashkil etish;

- joylardagi davlat xokimiyati va boshkaruv organlari bilan birgalikda temir yul

transporti bulinmalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga doir choratadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- xizmat ko'rsatish xududida temir yul tarmoqlarining ish barqarorligini va o'tkazish

imkoniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va

amalga oshirish;

- O'zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yulovchilarni tashish borasida

joylardagi bojxona va soliq idoralari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan

xolda o'zaro xamkorlikni ta'minlash;

- temir yul transportida yagona ilmiy-texnika va investitsiyaviy siyosatni yuritishda

ko'maklashish;

- yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqilishi va joriy etilishini, temir yul

transportining kompleks rivojlanishini tashkil etishda ishtirok etish;

- temir yul tarmoqlarini moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, ularni yanada

rivojlantirish va bajarish imkoniyatlarini oshirish, yangi temir yo'l liniyalari,

ko'priklar va boshqa sun'iy inshootlar qurish, ularni rekonstruktsiya qilish va texnik

qayta qurollantirish, ilg'or texnologiyalar va zamonaviy menedjment usullarini keng

joriy etishda ishtiroq etish;

- Uzel tarkibiy bo'linmalarida xizmat ko'rsatish-ekspluatatsiya va rivojlanish

extiyojlari uchun import o'rnini bosuvchi maxsulotlar, extiyot qismlar, detallar va

jixozlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va uni rivojlantirish;

- atrof-muhit muxofazasi bo'yicha ekologiya meyorlarini belgilash va belgilangan

meyorlariga rioya qilishda davlat tomonidan chiqarilayotgan qonun va karorlarini

ijrosini ta'minlash;

- Uzel xodimlarini atetatsiyasini utkazish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va

malakasini oshirish, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish,mexnat va texnika

xavfsizligini ta'minlash.

2.Uzel belgilangan vazifalarii amalga oshirish uchun quyidagi funktsiyalar

bajarilishini ta'minlaydi:

temir yul orqali tashish jarayoni doirasida:

-belgilangan yuk tashish rejalarini bajarishni ta'minlash;

- belgilangan chegaralar doirasida, shu jumladan davlatlararo tutash punktlari orqali,

chegaralar bojxona va xuquqni himoya qilish idoralari bilan birgalikda yuk va

yulovchi poezdlarini to'siqsiz o'tishini ta'minlash;

- Uzel tarkibiy bulinmalaridagi texnik vositalar va jixozlarni shay xolatda tutish;

- yuk tashish xo'jjatlarini to'ldirish qoidalariga qat`iy amal qilish; yong'in

xavfsizligini, yuk, pochta va bagajlarni tashish hamda transport vositalari

xavfsizligini ta'minlash;

- favqulotda vaziyatlarda yuk tashishni tartibga solish va vujudga kelgan sharoitda

belgilangan tadbirlarni bajarishni ta'minlash;

- tashish jarayonida ishtiroq etuvchi barcha bulinmalarning o'zaro aniq xamkorligini

ta'minlash;

- portlovchi, tez yonuvchi, zaxarli moddalar, ya'ni xavfli yuklarni tashish jarayonida

xavfsizlikni ta'minlash choralarini ko'rish;

- temir yul transporta vositalarini falokatsiz tashish chora-tadbirlarini tashkil etish

va bajarish;

- davlat sirlari va xizmatga taaluqli ma'lumotlarni tarqalishini oldini oluvchi choratadbirlarni ko'rish;

iqtisod va moliyal sohasida:

- Uzel va uning tarkibiga kiruvchi bulinmalarni xujalik boshqaruvini tashkil etish va

barcha faoliyat turlari buyicha moliyalashni tashkil etish;

- Uzel Uzbekiston Respublikasining «Buxgalterlik xisobi tugrisida»gi qonuni

buyicha, buxgalterlik xisobining milliy standartlariga muvofiq xolda buxgalterlik

xisobot yuritish. Moliyaviy va statistik hisobotni amaldagi qonunchilik xo'jjatlari

bilan belgilangan tartibda amalga oshirish;

- Uzel belgilangan tartibda «O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyatiga,

soliq va boshqa davlat idoralariga amaldagi qonun xo'jjatlariga muvofiq ravishda o'z

moliyaviy-xo'jalik faoliyatining natijalari haqidagi zarur bo'lgan ma'lumotlarni

taqdim etadi;

- temir yhl xizmatlari uchun barcha to'lovlarni o'z vaqtida to'la undirish hamda ularni

«O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyatining asosiy daromad xisob

raqamiga utkazish;

-tashilgan yuklar uchun debitor qarzlarni va uni tugatilishini nazorat qilish, hisobga

olish va debitor karzlarni undirish bo'yicha xo'jjatlar tayyorlash hamda ularni xo'jalik

sudlariga oshirish;

-bekatlardagi yuk-tovar idoralarida o'ta muhim bo'lgan xujjat varaqalarini

saqlanishini ta'minlash;

-temir yul transportida yuk va yulovchilar tashishning servis va marketing

tadqio'otlarini tashkil etishda ishtiroq etish;

-Uzel tarkibiy bo'linmalari moliyaviy-xujalik faoliyatining istiqbol ko'rsatkichlarini

tuzish va uni bajarish;

-transport texnika vositalarini hamda temir yul transporti bino va inshootlarini

ta'mirlashni tashkil etish;

- Uzel xodimlarining mehnat haqlari va mukofotlash tizimi va shakllarini aniqlash

hamda bu ishlarni tarkibiy bulinmalarda nazorat qilish;

- ijtimoiy rivojlantirish, Uzel ishchi xodimlarini ijtimoiy-maishiy sharoitlarini

yaxshilash buyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- sof tushumdan belgilangan tartibda va miqdorda nafaqa jamgarmasiga badallar,

qo'shimcha qiymatga soliqlar, daromadga soliqlar to'lovlaridan, hamda avtomobil

yo'llari ta'miri va qurilishiga chegirmalar, infratuzilmani rivojlantirish uchun

soliqlardan tashkari barcha turdagi soliklar va chegirma tulovlari va xisoblarini

amalga oshirish;

-Uzel va uning tarkibiy bulinmalarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining istiqbol

rejalarini tuzish;

texnik siyosat sohasida:

-mutlaqo yangi texnika va texnologiyalarni, ilg'or tajribalarni joriy etish, ixtiro,

ratsionalizatorlik va patent-litsenziyalashtirish faoliyatini rivojlantirish;

-atrof muhitni zararli chiqindilardan saqlash va ekologik toza texnologiyalarni,

jarayonlarni va zararli chiqindilarni kamaytiradigan transport vositalarini keng joriy

etish;

moddiy-texnika ta'minoti sohasida:

-Uzel va uning tarkibiga kiruvchi bulinmalarning asosiy vositalarini soz holda tutish

va ularni me'yorida ishlashi uchun kerakli bo'lgan extiyot qismlar hamda yonilg'i

energetika resurslari bilan ta'minlash;

-falokatlar, avariyalar va boshqa nazarda tutilmagan hodisalarning oqibatlarini

bartaraf etish uchun moddiy-texnika resurslarning barcha turlaridan zaxiralar tashkil

etish;

-favqulotda vaziyatlar davrida Uzelning safarbarligini ta'minlash uchun moddiytexnika resurslari zaxiralarini tuzish va tayyorgarligini ta'minlash;

kadrlar, mehnat va ijtimoiy masalalar sohasida:

-xodimlarni tanlash, ularni yuksalishi uchun sharoit yaratish, mas'uliyati

vajavobgarligini oshirish, rag'batlantirish va ijtimoiy muxofaza kilish tizimlarini

belgilash;

- Uzel extiyoji uchun kadrlarni kasbiy va iqtisodiy uqishini tashkil etish, uning

moddiy bazasi va rivojlanishini ta'minlash;

-ommaviy kasb egalari va mutaxassislarni Uquv muassasalarda va ishlab

chiqarishda tayyorlash;

-qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, shuningdek ularni ish o'rganishlarini

(stajirovkalarini) ta'minlash;

-temir yul transportida samarali kadrlar siyosatini amalga oshirish; poezdlar xarakati

bilan bevosita boglik bo'lgan Uzel xodimlarining alohida toifalari uchun amaldagi

qonunchilikka muvofik, mexnat sharoitlari xususiyatlarini, ish vaqti va dam olish

vaqti rejimlarini bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish;

- Uzel ishchi-xodimlari attestatsiyasini utkazish, ishlab-chiqarish madaniyatini

oshirish, mehnat va texnika xavfsizligini ta'minlash.