“O‘zbekiston lokomotiv deposi”da poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda uchrayotgan nostandart holatlar, kamchiliklar muhokama qilindi

news photot

Bugungi kunda “O‘zbekiston” lokomotiv deposi tarkibida 55 ta manyovr teplovoz hamda yuk va yo‘lovchi poezdlarini tortadigan 80 ta elektrovozlar mavjud bo‘lib, ularda jami 1200 nafarga yaqin lokomotiv brigadalar faoliyat olib boradi.

Poezdlarning xavfsiz harakatini ta’minlash bir mutaxassisning, yoki bir korxonaning ishi emas. Lokomotiv brigadalari elektrovoz yoki teplovozlarni boshqarsa, yo‘l, aloqa, energiya ta’minoti, vagon xo‘jaligi, harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati qo‘riqchilari esa poezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlashda eng asosiy vazifani bajaradilar. “O‘zbekiston” lokomotiv deposida o‘tkazilgan harakat xavfsizligi kuni tadbirida bunga alohida e’tibor qaratildi.

Jamiyatning Yagona dispetcherlik markazi hamda bir qator boshqarmalari, Texnik va texnologik nazorat boshqarmasining Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli bo‘yicha katta noziri, Uzel rahbariyati hamda bo‘lim, stansiyalar va korxonalar boshliqlari, yo‘l, aloqa, energiya ta’minot xo‘jaliklari, shuningdek, “O‘zbekiston” lokomotiv deposi rahbariyati hamda lokomotiv brigadalar ishtirok etgan ushbu tadbirda, so‘nggi paytlarda poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda uchrayotgan nostandart vaziyatlar, nuqsonlar va ularni bartaraf qilish chora tadbirlari haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Lokomotiv brigadalar kecha-yu kunduz, har qanday ob-havo sharoitida harakat xavfsizligini ta’minlashga to‘siq bo‘ladigan nuqson va kamchiliklarga guvoh bo‘lishadi dedi, - yig‘ilishda so‘zga chiqqan “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘i Oybek Xudoyqulov. Shu bois, barcha mutaxassislarimiz ular bilan hamkorlikni yanada kuchaytirib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko‘rib borishlari zarur.

250 nafarga yaqin mutaxassis ishtirok etgan ushbu tadbirda, lokomotiv brigalarning harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi savollariga, Uzel boshlig‘i O.Xudoyqulov, Jamiyatning Yagona dispetcherlik markazi boshlig‘i o‘rinbosari N. Hamdamov, Uzelning bosh muhandisi M.Sodiqov hamda Texnik va texnologik nazorat boshqarmasining Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli bo‘yicha katta noziri A.Mahkamov, “O‘zbekiston lokomotiv deposi” boshlig‘i F.Maxamatov va boshqa tegishli mutaxassislar tomonidan javoblar berildi hamda ularning takliflari o‘rganildi.

Uchrashuv so‘nggida, Uzel rahbariyati tomonidan anomal sovuq kunlarda lokomotiv brigadalar hamda yo‘l, aloqa, energiya ta’minot, vagon xo‘jaliklari, shuningdek, stansiya boshliqlariga poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash, elektrovoz hamda teplovozlarning ish samaradorligini yanada oshirish kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot