Maqsad ishchi xodimlarning bilim va malakasini oshirish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining 2023 yil 6 sentyabrdagi 692-N-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, Jamiyat va Jamiyat tarkibidagi barcha korxona va tashkilotlar hamda aksiyadorlik jamiyatlarida ishchi xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlandi
Attestatsiyani, temir yo‘l tarmog‘ining 14 ta hududida o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, uni o‘rnatilgan tartibda, to‘g‘ri va qonun doirasida o‘tkazilishini nazorat qilish yuzasidan har bir hududda ishchi guruh aʼzolari tarkibi shakllantirildi va ularning vazifalari belgilab berildi.
“Toshkent MTU” UK ga qarashli 3 ta hududda, yaʼni Toshkent, Jizzax, Xovos hududlarida joriy yil 27 noyabr sanasidan ishchi xodimlar zamonaviy kompyuterlarda attestatsiyasi savollariga javob berib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda. Eʼtiborli tomoni shundaki, har bir ishchi xodim, hech qanday inson omilisiz, kompyuterda berilgan savollarga o‘zi javoblarni belgilaydi. Ajratilgan vaqt tugashi bilan, javob natijasi kompyuterda ko‘rinadi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan ikki kun mobaynida “Toshkent MTU” UK ga qarashli 3 ta hududda jami 1000 nafardan ziyod ishchi xodim attestatsiyadan o‘tkazildi.