TAYINLOV: “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga yangi boshliq tayinlandi
Shuni alohida taʼkidlash joizki, joriy yil avgust oyidan boshlab, temir yo‘l tarmog‘ida iqtisodiy samaradorlikka erishish, pul tushumini yanada ko‘paytirish, tadbirkorlarga hamda yo‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklar va servis xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi A.Komiljonov boshchiligida “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi rahbarlar tanishtirib o‘tildi
Unga ko‘ra, Jamiyat boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan, Norqabilov Sirojiddin Anvarovich – “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etilib, 2023-yil 20-noyabr kunidan “Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.
Shuningdek, Jamiyat boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan,
Xudoyqulov Oybek Nosirboyevich – 2023-yil 20-noyabr kunidan “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.
Shundan so‘ng, jamiyat tomonidan qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.
Taʼkidlash joizki, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi tomonidan qo‘shni davlatlardan mamlakatimizga hamda yurtimizdan xorijiy davlatlarga qatnovini amalga oshiradigan poyezdlarning aksariyatini qabul qiladi va ularning xavfsiz harakatini taʼminlaydi.
Yig‘ilishda, jamiyat boshqaruv raisi tomonidan Uzel tarkibidagi stansiyalar, korxonalar hamda xo‘jaliklarda faoliyat olib borayotgan barcha ishchi xodimlarga ish samaradorligini yanada oshirish borasida juda katta ishonch bildirilganligini alohida taʼkidlab o‘tildi.