Yashil makon umummilliy dasturi ijrosini ta’minlash yo‘lida:"Mehnat muxofazasi bog‘i" tashkil qilindi

news photot

Ayni kunda yurtimizning barcha go‘shalarida, korxona va tashkilotlarida, mahallarida bo‘lgani kabi, temir yo‘l tarmog‘ida ham yashil makon umummilliy dasturi ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

news photot

 Kuni kecha,"Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli " unitar korxonasiga qarashli "To‘qimachi-Raximova" stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l uchastkasida mehnat muhofazasi bog‘i tashkil qilindi. Unga Uzelning mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan 40 tub mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Xodimlarimiz bilan birga ko‘chat ekish ishlarini yana davom ettiramiz deydi, - bo‘lim boshlig‘i Sh.Ochilov. Dastlab mevali daraxt ko‘chalarini ekdik. Temir yo‘l atrofini yanada ko‘kalamzorlashtirish uchun manzarali daraxt ko‘chalarini ham ekishni rejalashtirganmiz.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot