"Toshkent MTU" UKga qarashli "Paxta-Olmazor" stansiyalari oralig‘ida qariyib 1 km ga yaqin temir yo‘l reabiliatatsiya qilindi.
Aytish joizki, po‘lat izlarining, aloqa hamda kontak tarmoqlarining sozligi poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda juda katta ahamiyatga ega. Shu bois, temir yo‘lchilar tomonidan bunga doimiy ravishda e’tibor qaratib kelinadi."Toshkent MTU" unitar korxonasiga qarashli "Paxta-Olmazor" stansiyalari oralig‘ida qariyib 1 km temir yo‘l reabilitatsiya qilingani bunga yaqqol misol bo‘ladi.E’tiborli tomoni shundaki, Toshkentdan-Jizzaxgacha bo‘lgan temir yo‘l uchastkasi, poyezdlar eng ko‘p qatnovini amalga oshiradigan hududdir. Ayniqsa, yuk va yo‘lovchi poyezdlardan tashqari, barcha yuqori tezlikda harakatlanadigan "Afrosiyob" zamonaviy elektropoyezdlari ushbu temir yo‘l uchastkasidan qatnovini amalga oshiradi.
Shu bois, Reabilitatsiya ishlari, poyezdlar harakatiga xalaqit bermasdan, ishlash uchun xavfsiz muhit yaratilib, mehnat muhofazasiga rioya qilgan holda, Toshkent temir yo‘l masofasi va 203- Tajriba yo‘l mashina stansiyasi, Signallashtirish va aloqa hamda Elektr ta’minot, Lokomotiv, "Temiryo‘lyonilg‘ita’min" xo‘jaliklari hamkorligida amalga oshirildi.6 soat davom etgan ushbu jarayonda "Paxta-Olmazor" stansiyalar oralig‘ining 3413-km 9- piketidan 3413-km 1- piketigacha bo‘lgan po‘lat izlar sifatli qilib to‘liq reabilitatsiya qilindi. Raqamlar misolida aytadigan bo‘lsak, 2023-yilda Toshkent-Chinoz peregonida jami 18 km temir yo‘lda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan deydi, - Toshkent temir yo‘l masofasi korxonasi rahbari Jahongir Sodiqov.Tajribali yo‘lsozlarimizning sa’yi harakati bilan hozirgi kunga qadar rejaning qariyib 42 foizi to‘liq bajarildi. Joriy yil oxirigacha yana 10 km masofadagi temir yo‘lda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirib, rejada belgilangan vazifalarni sifatli qilib, to‘liq nihoyasiga yetkazishni maqsad qilganmiz.
Albatta, bu amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari qishning sovuq hamda yog‘ingarchilik kunlarida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash, yuk va yo‘lovchilarni o‘z manziliga xavfsiz yetkazib qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu jarayonda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Yo‘l xo‘jaligi xodimlari hamda Texnik va texnoligik nazorat boshqarmasi rahbari va boshqarmaning Uzel bo‘yicha nozirlari, shuningdek, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK rahbariyati hamda bo‘lim boshliqlari bevosita ishtirok etishdi.
Yo‘l sozlovchilar reabilitatsiya qilingan temir yo‘lga sheben tashlash va Avstriyada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnikalar yordamida relslarni ko‘tarish hamda sozlash ishlarini sifatli qilib o‘z vaqtida amalga oshirdilar.