"Toshkent MTU" UK ning poyezdlar eng serqatnov temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.
Ko'rikdan maqsad , "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash borasida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, korxona,tashkilot va stansiyalarda hamda xo‘jaliklarda inshoot va qurilmalarning holati, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, shuningdek, kuzgi qishki mavsumga ko‘rilgan tayyorgarliklarni ko‘zdan kechirib, kamchiliklarni bartaraf qilish.
18- Oktyabr kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ va Uzel rahbariyati hamda tarmoq kasaba uyushmasi vakillari hamda jamiyatning bir qator boshqarmalari, shuningdek, Uzel bo‘lim boshliqlari, stansiyalar va xo‘jaliklar rahbarlari hamkorligida, O‘zbekiston - Guliston stansiyalari hamda Guliston- Bekobod stansiyalari oralig‘idagi barcha temir yo‘l stansiyalarida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.
Taʼkidlash joizki, ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan o‘nga yaqin stansiya poyezdlar eng ko‘p harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarini qamrab olgan.
Ko‘rik jarayonida har bir stansiyada harakat xavfsizligini va mehnat muhofazasini taʼminlashga to‘siq bo‘ladigan kamchiliklarga eʼtibor qaratilib, ishchi xodimlarga yaratilgan shart sharoitlar, kuzgi qishki mavsumga ko‘rilgan tayyorgarliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Kamchiliklar aniqlangan joyda, tajribali mutaxassislar ishtirokida uni bartaraf qilish chora-tadbirlari ko‘rilayapti.
126- diagnostik laboratoriya yordamida po‘lat izlarning geometrik holati, xususan, relyeslar oralig‘i masofasi kengayganligi yoki torayganligi, po‘lat izlarning baland pastligi, o‘rganib chiqilmoqda. Bundan tashqari o‘tkazgichli stelkalar, aloqa tizimlari, kontak tarmoqlari, vagon xo‘jali, stansiya navbatchilarining faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ko‘rik davomida, stansiya va xo‘jaliklar xodimlarining bilim va tajribasini yana-da oshirish maqsadida savol javoblar hamda suhbatlar tashkil qilindi.