Temiryo‘lchilar "21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni" ni munosib nishonlandi

news photot

“Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi majlislar zalida 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabat bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Unda uzel rahbariyati, mutaxassislar, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar hamda korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

news photot

Tadbirda dastlab “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Jahongir To‘ychiyev so‘zga chiqib, ayni kunlarda mamlakatimizning barcha go‘shalarida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni sifatida katta tantana bilan o‘tkazilayotganligi tufayli temir yo‘l korxonalarida ham ushbu tadbir “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” nomli shior ostida tashkillashtirilayotgani va unda davlat tili hamda uning kelib chiqish tarixi, hayot va ish faoliyatimizdagi tutgan o‘rni haqida temiryo‘lchilarga tushuntirib berilayotganligini taʼkidladi.

news photot

Shundan so‘ng Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi mudirasi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova o‘z davlat tiliga, tizimli boshqaruvga ega mamlakatlar, ularning rivojlanish yo‘li, qonun va qarorlarning hayotimizga taʼsiri haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Bayram tadbirida shuningdek, Sotsiologiya fanlari doktori, professor, turon fanlar Akademigi, Toshkent shahar Kengashi raisi Toshpo‘lat Matibayev hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi Hulkar Hotamboyeva mamlakatimizdagi turli vazirlik va tashkilotlarda ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor va hurmat yil sayin yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan tilga olishdi.

news photot

– Maʼlumki, 1989 yildan buyon har yili 21 oktyabr – “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun sifatida ramziy nishonlanar edi, – dedi H.Hotamboyeva. – Biroq ko‘pincha, tilshunoslar, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari va o‘quvchilar, shuningdek, talabalar tomonidan tor doirada bayram qilinar edi. Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 10 aprel kuni “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash” to‘g‘risidagi qonunga imzo chekilgach, bu sana umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda. Bunday eʼtibor tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash uchun juda muhimdir

news photot news photot

Shundan so‘ng tadbirda Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi xodimi Mohichehra Bafoyeva “Jahon o‘zbeklariga” sheʼrini ijro qildi.

Bayram yakunida Temiryo‘lchilar madaniyat saroyining “Tarannum” ansambli ijrosidagi o‘zbek mumtoz qo‘shiqlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

news photot news photot news photot