Jizzax - Erjar, Jizzax - Chimqo‘rg‘on va Jizzax -Xovos yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkalari hamda toshkent shahridagi chuqursoy stansiyasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aj boshqaruvi raisining harakat xavfsizligini ta’minlash va ish samaradorligini oshirish borasidagi topshiriqlari ijrosi o‘rganildi
Joriy yil 19-20 oktabr kunlari "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ va Uzel rahbariyati hamda tarmoq kasaba uyushmasi vakillari hamda jamiyatning bir qator boshqarmalari, shuningdek, Uzel bo‘lim boshliqlari, stansiyalar va xo‘jaliklar rahbarlari hamkorligida Jizzax-Erjar, Jizzax-Chimqo‘rg‘on hamda Jizzax-Xovos yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkalarida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.
Unda korxona, tashkilot va stansiyalarda hamda xo‘jaliklarda inshoot va qurilmalarning holati, mehnat muhofazasi talablarining, shuningdek, kuzgi qishki mavsumga ko‘rilgan tayyorgarliklar ko‘zdan kechirilib, kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ishchi guruh, 23 oktabr kuni temir yo‘l tarmog‘idagi eng yirik saralash stansiyalaridan hisoblangan Chuqursoy stansiyasida kuzgi ko‘rikni davom ettirishdi.
Stansiyada poezdlar hamda saralanayotgan vagonlar harakatiga xalaqit qilmasdan, harakat xavfsizligini va mehnat muhofazasini ta’minlashga to‘siq bo‘ladigan kamchiliklarga e’tibor qaratib, ishchi xodimlarga yaratilgan shart - sharoitlar, kuzgi qishki mavsumga ko‘rilgan tayyorgarliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Kamchiliklar aniqlangan joyda, tajribali mutaxassislar ishtirokida uni bartaraf qilish chora-tadbirlari ko‘rildi.
Kuzgi ko‘rik davom etmoqda.